Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi er-xotin — Bahodir Nusurov hamda Dilbar Sanaqulovalar 17 yoshli o‘g‘li “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilishi ortidan nogironga aylanib qolganini aytmoqda. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan ona-onaga ko‘ra, ayni paytda 18 yoshga to‘lgan o‘g‘li Bunyod Nusurov birinchi guruh nogironiga aylanib, doimiy davolanishga muhtoj bemor hisoblanadi.

O‘g‘lim shamollab qolganini aytib, aya “Dok-1 Maks”dan olib bering dedi. Biz bu siropni avval ham, o‘g‘lim yoshligida ichirganmiz. Shu sabab, shamollashga shu da’vo deb, doridan olib berdim. O‘g‘lim dorini ikki mahal icha boshladi. Dori ichish davomida o‘g‘lim tuzalish o‘rniga, ortga ketaverdi. Qayd qilib, xavfsalasiz bo‘lib qoldi, — deydi bu haqda gapirib bergan Dilbar Sanaqulova. 

Onaning aytishicha, ko‘p o‘tmay o‘g‘li siymay qo‘ygan. 

Bahodir Nusurov hamda Dilbar Sanaqulovalar
Foto: “Daryo”
O‘g‘limning ranglari sarg‘ayib, xavfsalasiz bo‘lib qolgach, uyat bo‘lsa-da, undan siyyapsanmi deb so‘radim. Uch kundan beri siymayapman degach, tezda shifoxonaga olib bordik. Lekin shifokorlar qabul qilishmadi, — deydi ona. 

Bolaning otasi Bahodir Nusurovning aytishicha, o‘g‘lining buyragi ishlamay, ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga murojaat qilgan. Ammo shifokorlar bu bizga taalluqlli kasallik emas deya qabul qilishmagan. 

O‘g‘limni avval Qarshi shahridagi shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib bordik, qabul qilmadi. Undan so‘ng shahar shifoxonasi, bolalar shifoxonasiga olib bordik. U yerlarda ham qabul qilmagach, viloyat shifoxonasiga olib bordik. Shifoxonalar bu kasallik bizga taalluqli kasallik emas deb qabul qilishmadi. Yana Qarshi shahridagi shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasiga bordik. Janjal qilib, o‘g‘limiz o‘lib qoladi deganimizdan so‘ng, qabul qilishdi. Avvaliga o‘g‘limda nima muammoligini bilmadik. Keyinchalik Akmal Sharopov degan shifokor, o‘g‘lingiz nimadan bunday bezovta bo‘lganini topdim, u “Dok-1 Maks”dan zaharlangan ekan dedi, — deydi Bahodir Nusurov. 

Suhbatdoshning aytishicha, shundan so‘ng o‘g‘li shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ikki oy davomida komada yotgan. 

O‘g‘limiz doridan zaharlanganini bilganimizdan so‘ng, ko‘chaga chiqib, dorixonalarni kuzatdim. Dori hali hamon sotilayotganini ko‘rganimdan so‘ng, bolalar zaharlanmasin deb 10:00 va 10:07 ga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqda xabar berdim. Mening o‘g‘lim shu doridan zaharlangan dedim, — deydi bolaning onasi Dilbar Sanaqulova. 

Ota-onaning aytishicha, bugungi kunda o‘g‘li birinchi guruh nogironiga aylanib, doimiy davolanishga muhtoj bemor hisoblanadi. 

Hojatga mustaqil chiqolmaydi. “Gorshok”ka o‘tiradi. Qaysi ota-onaga farzandini bu holatda ko‘rish yoqadi? 18 yoshli navqiron yigit shu ahvolga tushib qoldi, — deydi suhbatdoshlar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »