Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zilarga mashhurlar osmondagi yulduzlarga o‘xshab ko‘rinadi. Ular har kuni turli-tuman libos kiyadi, sochlari esa tajribali mutaxassislar tomonidan turmaklanadi, deb o‘ylashadi. Ammo ayrim mashhur kishilar ham singan zamok va yirtiq kiyimda yurishi mumkin.

Kianu Rivz zamogi singanda skrepkadan foydalanadi

Foto: Getty Images

Kiyim zamogi kutilmagan daqiqada sinishi mumkin, bunday paytda zamokni tortish juda noqulay bo‘lib qoladi. Ko‘rinishidan, Kianuda ham shunday bo‘lgan. Ammo u buning yo‘lini topib, zamok bo‘lagi o‘rniga oddiy skrepkadan foydalangan.

Meryem Uzerli “katishka” bo‘lib ketgan vodolazka kiyadi

Foto: Getty Images

“Muhtasham yuz yil” yulduzi samolyotda tushgan suratlari bilan tez-tez bo‘lishadi. Ulardan birida aktrisa qora kostyum va oddiy vodolazkada suratga tushgan, suratda aktrisaning vodolazkasi “katishka” bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin. Balki, bu uning eng sevimli kiyimidir.

Kira Naytli dazmollanmagan ko‘ylak ham kiyaveradi

Foto: Getty Images

“Karib dengizi qaroqchilari” va “Andisha va g‘urur” filmlarining yulduzi bir ko‘rsatuvga biroz g‘ijim qizil libosda kelgan. Ehtimol, Kira ko‘pchiligimiz singari dazmollashga ulgurmagandir va bu mutlaqo normal holat.

Shahzoda Garri to‘yga teshik tuflida kelgan

Foto: Getty Images

2018-yilda do‘stining to‘yida shahzoda Megan Markl bilan qo‘ltiqlashib, chiziqli shim va ko‘k kamzulda keladi. Ammo qirollik oilasi a’zosining poyabzali tabloidlar e’tiborini tortadi. Tuflidagi teshikni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin edi. Ko‘rinishidan, shahzoda mukammallikka intilmaydi, bu shubhasiz uning hayotini osonlashtiradi.

Uning akasi shahzoda Uilyam ham eskirgan poyabzal kiyadi

Foto: Getty Images

Bir yil o‘tgach, shahzoda Uilyam akasining holatini takrorlaydi va iqtisodiy forumda tagligi eskirgan poyabzal kiyib keladi. Ehtimol, shahzoda bunday mayda-chuyda narsalarga ahamiyat bermas. Eski poyabzalni hali kiyish mumkin bo‘lganida, yangisiga pul sarflashni zarur deb hisoblamas.

Britni Spirs do‘stlarinikiga yirtiq legginsda kelgan

Foto: Getty Images

Ba’zida Britni tashqariga chiqish uchun g‘ayrioddiy obrazlarni tanlaydi. Bir kuni paparatssilar yulduzni do‘stlarini ko‘rish uchun kelganida suratga olishadi. Britni rangli futbolka, etik va tizzasidan yuqorisi teshilgan qora leggins kiygan edi.

Bu mayda-chuyda narsalarga qaramay, biz mashhurlarni go‘zalligi va iste’dodi uchun hurmat qilamiz, hayotda qanday kiyinishi esa ularning shaxsiy ishi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »