Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 2022-yilda o‘z xodimlariga Rossiya harbiy-dengiz flotiga Ukraina Qurolli kuchlari hujumining oldini olish uchun anneksiya qilingan Qrim qirg‘oqlari yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini o‘chirib qo‘yish haqida yashirincha topshiriq bergan. Bu haqda CNN Maskning Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan tarjimai holiga tayanib, xabar berdi.

Foto: Reuters

CNN Ukraina hujumi o‘tgan yili aynan qachon uyushtirilishi kerak bo‘lgani haqida aniq ma’lumot bermagan, biroq Ayzeksonning kitobida aytilishicha, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan dengiz dronlari Rossiya flotiga yaqinlashib kelayotgan paytda Qrimdagi Starlink o‘chirib qo‘yilgan.

Tarjimai holdan ma’lum bo‘lishicha, Ukraina rasmiylari Maskni sun’iy yo‘ldosh ishini tiklashga ko‘ndirishga uringan, ammo u Kiyev ushbu hujum bilan “haddan oshib ketayotganini” aytib, rad javobini bergan. Natijada aloqani yo‘qotgan dronlar qirg‘oqqa chiqib ketgan, deb yozadi CNN.

Ayzeksonning so‘zlariga ko‘ra, Mask Rossiya ushbu hujumga yadro quroli bilan javob qaytarishi mumkinligidan qo‘rqib, shunday qaror qilgan. Kitobda aytilishicha, tadbirkordagi bu qo‘rquvga “Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari” bilan bo‘lgan suhbatlar sabab bo‘lgan.

“Starlink urushlarda jang qilish uchun mo‘ljallanmagan. U odamlar Netflix tomosha qilishi, dam olishi, maktabda internetga ulanishi va savobli tinch ishlarni qilishi uchun yaratilgan”, — degan Ilon Mask kitob uchun Uolter Ayzekson bilan suhbatda.

Keyinroq Maskning o‘zi CNN maqolasiga javob sifatida Twitter(X)ga post joyladi. Unda aytilishicha, tadbirkor Starlink’ni o‘chirishni buyurmagan, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, tizim shundoq ham Qrimda ishlamaydi. Maskning tushuntirishicha, u ukrainalik harbiylarning Starlink’ni yoqish haqidagi iltimosini rad etgan: ular tizim yordamida Rossiya flotiga hujum uchun Sevastopolga dronlar uchirmoqchi bo‘lgan.

Mask buni SpaceX kompaniyasi “urush va mojaroning avj olishida bevosita ishtirokchiga aylanib qolishi mumkinligi” bilan izohladi.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan ko‘p o‘tmay Ukrainada Starlink tarmog‘i joylashtirildi. 2023-yil fevralida SpaceX Ukraina harbiylariga Starlink’dan hujumkor maqsadlarda, jumladan, dronlarni boshqarishda foydalanishni taqiqladi. Iyul oyida The New York Times gazetasi “xabardor” odamlarga tayanib, SpaceX urush zonasida sun’iy yo‘ldoshlarni cheklayotgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »