Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deb qaralayotgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisida sudlanuvchilardan birining advokati, advokat Sobirov “Daryo” internet nashrini suddagi ma’lumotlarni ommaga ochiqlab, barcha kirdikorlarni fosh etishda aybladi. Va sud hay’atiga iltimosnoma kiritib, nashr jurnalistilari hamda sudda ishtirok etayotgan boshqa OAV vakillarini suddan chiqarib yuborishni so‘radi. 

Foto: “Daryo”

Advokat Sobirov “Daryo” nashrida 2023-yilning 6-sentabr kuni e’lon qilingan “‘O‘lim holatiga olib kelishini bilmaganmiz’. Sudlanuvchi ‘Dok-1 Maks’ siropi laboratoriyadan o‘tkazilmaganini tan oldi” hamda “‘Dok-1 Maks’ ishi: sudlanuvchilardan biri zaharli sirop haqida jamoatchilikni xabardor qilgan samarqandlik shifokorlarni, mas’ullarni sudga chaqirishni so‘ramoqda”, sarlavhali maqolalarga e’tiroz bildirgan. Advokatga ko‘ra, nashr bu maqolalar orqali sudlanuvchilar aytgan ma’lumotlarni ommaga olib chiqib, suddagi barcha ma’lumotlardan jamoatchilik xabardor bo‘lib qolayotganini aytib, sayt vakilini suddan chiqarib yuborishni so‘ragan. 

Himoyachi Sobirovning iltimosnomasi mavjud 21 nafar sudlanuvchining advokatlari va sudlanuvchilar tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Faqat davlat ayblovchisi bu holat bo‘yicha ajrim chiqarishni sudga havola qildi. 

Sud hay’ati mazkur iltimosnomani tinglagach o‘zaro maslahatlashib, “Daryo” nashri vakilini ogohlantirdi. Va suddagi ma’lumotlarni sud ishi tugamagunga qadar ommaga oshkor etish mumkin emasligini bildirdi. Sud majlisi haqida yozganda sudlanuvchilarning gaplarini ommaga olib chiqib, aniq tafsilotlarni ochiqlamaslikni, shunchaki sud bo‘lib o‘tdi degan umumiy ma’lumotlarni yoritish kerakligini maslahat berdi.

Foto: “Daryo”

Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” bo‘yicha ayblanayotgan 21 nafar sudlanuvchi ishi 2023-yilning 11-avgust kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rila boshlangan bo‘lib, sud ochiq sud majlisi tarzida davom ettirilmoqda. Sud majlislarida ayblanuvchilarning advokatlari bir necha bor OAVlar faoliyatiga e’tiroz bildirib, suddagi ma’lumotlar ommaga ochiqlanayotganidan yozg‘irgan. Shuningdek, ular “Kun.uz”, “Qalampir.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaslikda ayblagan bo‘lsa, “Gazeta.uz” nashrini sud jarayonlarini onlayn tarzda yoritishda ayblab, faoliyatini cheklagan. Shundan so‘ng sudda ushbu nashr vakillari ishtirok etmayapti.

Mavzuga doir
Izoh

Абдувохоб Ташбоев

08.09.2023, 16:29

судлар жиноятчиларга кандай иш олиб бораётганини куриб турса ,хакикатни адолатни билиб туриши шарт. кандай

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »