Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

8-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga Shahed-136/131 hujumchi dronlarining bir nechta guruhini uchirdi, deb xabar bermoqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi.

Foto: “UNIAN”

Ukraina harbiylarining maʼlumotlariga ko‘ra, jami 20 ta dron uchirilgan, ulardan 16 tasi Odessa va Nikolayev viloyatlari hududida urib tushirilgan. Qolgan dronlar qanday zarar keltirgani hisobotda aytilmagan.

Odessa viloyatiga tungi dronlar hujumi bir hafta ichidagi beshinchi hujum bo‘ldi. Ukraina Qurolli Kuchlari va Odessa viloyati ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avval Rossiya qo‘shinlarining nishoni port infratuzilmasi bo‘lgan.

Sumi va Zaporojye viloyatlari 8-sentabrga o‘tar kechasi raketa hujumlariga uchradi.

Sumida raketa Kozatskiy prospekti hududidagi xususiy uylarga zarar yetkazdi, dedi shahar rahbari Aleksandr Lisenko. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida ikki qavatli turar joy binosi vayron bo‘lgan, 20 dan ortiq uy va 8 ta avtomobil zarar ko‘rgan, yong‘in chiqqan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan ikki kishini olib chiqdi.

Zaporojyeda bir nechta raketa fuqarolik infratuzilmasiga quladi, kamida bir kishi jarohat oldi, dedi viloyat rahbari Yuriy Malashko.

Rossiya Ukrainadan dunyoning boshqa mamlakatlariga g‘alla yetkazib berish bo‘yicha don kelishuvidan chiqqanidan so‘ng, iyul oyining o‘rtalaridan boshlab Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan intensiv hujum uyushtirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »