Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Krivoy Rogda politsiya maʼmuriy binosiga rus raketasi kelib tushdi, dedi Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari Igor Klimenko. Ukraina bosh prokuraturasi 26 kishi yaralangani va bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Telegram

Krivoy Rog joylashgan Dnepropetrovsk viloyati rahbari Sergey Lisak raketa urilganidan keyin yong‘in boshlangani, olov maydoni 200 kvadrat metrga yaqin bo‘lganini aytdi. Keyinroq Lisak hujumda jabrlanganlar soni 32 kishiga yetganini ma’lum qildi.

Bino vayronalari ostida qolgan uch kishi og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi, deb qo‘shimcha qildi u.

Foto: Telegram

Dnepropetrovsk viloyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, politsiya binosi yonida joylashgan turar joy binolari ham raketa hujumidan jabr ko‘rgan. Zarar darajasini aniqlash uchun uyma-uy tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Foto: Dnepropetrovsk viloyat prokuraturasi
Foto: Telegram
Foto: Telegram

Rossiya armiyasi Krivoy Rog — Vladimir Zelenskiyning ona shahriga muntazam ravishda raketa hujumlarini uyushtirib kelmoqda.

8-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga Shahed dronlaridan hujum qilgan edi. Bu bir hafta ichida Odessaga beshinchi hujum bo‘ldi. Tunda Sumi va Zaporojye viloyatlari ham raketa hujumlariga uchradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »