Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya taktik yadro quroli bilan jihozlangan yangi suvosti kemasini ishga tushirdi, marosimda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirok etdi, deb xabar beradi “Koreya Ovozi”.

Foto: KCNA

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, KXDR barcha og‘ir suvosti kemalarini modernizatsiya qilish va ularni taktik yadro qurollari bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.

“Bu ularning zamonaviy urushda katta rol o‘ynashi uchun kerak. Ushbu reja Koreya ishchilar partiyasining VIII kongressida bayon etilgan Harbiy-dengiz flotini mustahkamlash yo‘nalishining bir qismidir. Harbiy kemasozlikni qayta tiklash eng ustuvor yo‘nalish bo‘lib, uni chetlab o‘tishning iloji yo‘q, uni amalga oshirish eng qiyin sharoitlarda ham oxirigacha bajarish bajarish kerak”, — deya Kim Chen Inning so‘zlarini keltiradi radiostansiya.

Qayd etilishicha, taktik yadro quroli bilan jihozlangan 841-raqamli yangi “Qahramon Kim Gun Ok” suvosti kemasining ishga tushirilishi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq KXDR armiyasi Janubiy Koreyadagi qo‘mondonlik punktlari va aerodromlarga taktik yadro zarbasini berish bo‘yicha taqlidiy mashg‘ulotlar o‘tkazgandi. Shimoliy Koreya harbiylari shimoli-sharqiy yo‘nalishda ikkita taktik ballistik raketani uchirgan, ular nishondan 400 metr balandlikda havoda portlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »