Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent markaziy temiryo‘l vokzalida bir bosqichli nazorat punkti foydalanishga topshirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bu hujjatlarni tekshirish va bagajni ko‘zdan kechirish endi avvalgidek bir nechta joyda emas, balki bir joyda amalga oshirilishini anglatadi.

Ilgari Toshkent—Janubiy, shuningdek, Samarqand va Namangan vokzallarida bir bosqichli nazorat-o‘tish punktlari joriy qilingandi.

“Kelgusida respublikamizdagi barcha temir yo‘l vokzallarida bosqichma-bosqich bir bosqichli nazorat-o‘tish punktlari joriy qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil aprel oyida aeroportlar, shuningdek, temiryo‘l va avtovokzallarga kirishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Unda aerovokzal, temiryo‘l va avtobus vokzallarida yo‘lovchi hamda tashrif buyuruvchilar uchun zamonaviy talablar asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, kirib-chiqishni soddalashtirish, zarur sharoitlar yaratish hamda vokzallar va ularga tegishli hududda tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »