Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston hukumati avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida chakana narxlar hududlarda keskin oshib ketishining oldi olinish choralarini ko‘rishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Hujjat bilan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Bosh prokuratura, DXX, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi hamda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunalarining Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulangani va onlayn rejimda maʼlumotlar uzatilayotganini qatʼiy nazorat qilib borish yuklatilmoqda.

Shuningdek, ular noqonuniy ulanish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytiradi.

Bundan tashqari, tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rish yuklatilmoqda.

Bunda, onlayn rejimda maʼlumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy isteʼmol qilinishiga yo‘l qo‘ygan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatish choralari ko‘riladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »