Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi.

Foto:  “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning NoVo Agency tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan nemis tilidan B1 daraja sertifikatiga ega tajribali tibbiyot xodimlari Germaniya tibbiyot muassasalariga hamda qariyalar uyiga ishga taklif etiladi. Nomzodlar uchun talablar:

  • tibbiyot kolleji/texnikumini hamshiralik, davolash hamda feldsher yo‘nalishlarini (faqat 3 yillik texnikum diplomi yoki oliy ma’lumotli hamshiralik diplomi) tamomlagan;
  • bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyati;
  • 39 yoshgacha;
  • Gyote instituti, ECL, Telc yoki ÖsD dan B1 daraja sertifikati;
  • sudlanmagan;
  • jismonan sog‘lom;
  • yuqori motivatsiya va fazilatlar.

Qayd etilishicha, stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi. Shuningdek, quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:

  • hujjatlarni tarjima qilish va Germaniyada tasdiqlash;
  • viza xarajatlari;
  • yashash joyini topishda ko‘mak;
  • ijtimoiy va tibbiy sug‘urta;
  • Toshkentdan Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer. 

Mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (kasbiy tasdiqlangunga qadar oylik 2300 yevrodan) va butun jarayon davomida doimiy qo‘llab-quvvatlash. Germaniyada kasbiy tasdiqlanish jarayoni tugagandan keyin oylik 3000 yevrodan boshlab beriladi. 

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

  • Chet elga chiqish pasporti (pdf shaklda);
  • Nemis tilidan B1 sertifikat (pdf shaklda);
  • Tarjimayi hol (nemis, rus, ingliz yoki o‘zbek tilida);
  • Tibbiyot kolleji yoki texnikumini tamomlaganlik haqida diplom va ilova (faqat 3 yillik diplom yoki OMX, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Izoh

НЕ ВАЖНО КТО Я. ПАТАМУ НЕ ДОЛЖЕН ТЕБЯ ТВАР.

12.09.2023, 18:17

Немис тилини билмаймиз шароит огир бошка ишга Борса бумайдими

Munisa Saidova

11.09.2023, 20:00

Nimis tilini bilmaganlarchi nima qiladi Germaniyaga borip oilaviy sharoitimni yaxshilab olmoqchi edim biror yoʻli bormi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »