Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari 10-sentabrga o‘tar kechasi Kiyevga kamikadze dronlari bilan hujum qildi. Bu haqda “Glavred” xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, bir qator portlashlar eshitilib, havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan. Dronlar qoldiqlari Ukraina poytaxtining Svyatoshinskiy, Podolskiy, Shevchenkovskiy, Solomenskiy va Darnitskiy tumanlarida qayd etilgan.

Dron parchalari Svyatoshinskiy tumanida Sovki bog‘i hududiga, Darnitskiy tumanida esa noturar bino ustiga qulagan. Birinchi holatda yong‘in sodir bo‘lgan, ikkinchisining esa vayronagarchilik darajasi aniqlanmoqda.

Foto: Reuters

Umuman olganda, vayronalarning aksariyati ochiq, binolar qad rostamagan hududlarga tushgan. Ammo Shevchenkovskiy tumanidagi kvartira bundan mustasno.

“Shevchenko tumanida ko‘p qavatli uyning xonadoniga dron parchalari tushgan. Yong‘inni uy egalari o‘zlari o‘chirgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q”, — deydi rasmiylar. 

Атака дронами на Киев

Vayronalar asosan avtomobillar, asfalt va trolleybus elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan. Bir kishi jarohatlangan. Kechasi havo mudofaasi dushmanning yigirmadan ortiq dronlarini yo‘q qilgan.

Foto: Reuters

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, jabrlanuvchida stressga o‘tkir reaksiya kuzatilgan. 

“Podolsk viloyatida jabrlangan bir kishi bor. Stressga o‘tkir reaksiya. Shifokorlar voqea joyida yordam ko‘rsatmoqda”, — degan mer.

Атака дронами на Киев

Rus harbiylari Ukraina bo‘ylab 32 ta dron uchirdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining xabar berishicha, 10-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari mamlakatga 32 ta dron uchirdi, ulardan 25 tasi urib tushirilgan.

“Bugun tunda Ukrainaga Shahed-136/131 rusumidagi 32 ta kamikadze dron bilan hujum qilindi, ulardan 25 tasi havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilindi. Dronlarning katta qismini Kiyev viloyatiga yo‘naltirilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »