Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Mudofaa vazirligi 10-sentabrga o‘tar kechasi Qora dengizda Ukraina armiyasining desant guruhlari bo‘lgan uchta tezyurar katerni yo‘q qilganini ma’lum qildi. 

Foto: The Insider

Vazirlikning da’vo qilishicha, Amerikada ishlab chiqarilgan Willard Sea Force katerlari Zmeyniy orolining shimoli-sharqida Qora dengiz flotining harbiy-dengiz aviatsiyasi samolyotlari tomonidan yo‘q qilingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, anneksiya qilingan Qrim hududida tunda sakkizta dron yo‘q qilgani haqida xabar bergan.

4-sentabr kuni Rossiya Zmeyniy oroli hududida bortida desantlar bo‘lgan to‘rtta Ukraina kateri yo‘q qilinganini bildirgandi. 30-avgust kuni to‘rtta, 22-avgust kuni esa bitta katerga hujum qilingani aytilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »