Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2024-yilning may oyida aholining boy, o‘ziga to‘q qatlami uchun elektr energiyasi tariflarini oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu rejalar “tabaqalashtirilgan tariflarni” joriy qilish orqali amalga oshishi belgilangan. Narx oshishining asosiy sharti — davlat isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlay olishi lozim. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov jurnalistlar bilan muloqotda maʼlum qildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Vazirning qayd etishicha tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha narx 450-500 so‘m atrofida bo‘lishi mumkin.

Tabaqalashtirilgan tarif deganda belgilangan “ijtimoiy norma”dan ko‘p elektr isteʼmol qilayotgan, aytaylik uyida basseyni, saunasi, ko‘plab maishiy texnikalari bor xonadonlar, yaʼni nisbiy olganda boy va o‘ziga to‘q xonadonlar uchun narx oshadi, degani. Hozir aholining 15 foizi oyiga 300 kVt/soatdan ortiq elektr energiyasini isteʼmol qiladi. Qolgan aholining isteʼmoli esa 200 kVt/soatdan oshmaydi, — dedi energetika vaziri.

Narxlar nega o‘zgarmoqda?

Energetika sohasidagi islohotlar birinchi navbatda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Narxni bozor tamoyillariga o‘tkazmasdan esa elektr energiyasidagi muammolarni hal qilish imkonsizdir.

Amaldagi tariflarning pastligi sabab energetika kompaniyalari milliardlab zarar ko‘rmoqda.

Energetika sohasidagi uskunalarning aksariyat qismi deyarli 40 yildan beri modernizatsiya qilinmagan. Bugungi kundagi uzilishlarning sababi ham ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Yangi texnikalarni joriy qilish uchun esa mablag‘ kerak.

Aholiga qiyinchilik tug‘dirmaslik maqsadida bugungi kungacha davlat sohani subsidiyalash orqali elektr energiyasi va gazni aholiga tannarxidan bir necha bor arzon narxlarda sotib kelmoqda edi. Rejalashtirilgan narxlarning oshishi ortidan tushadigan mablag‘lar esa aynan sohani modernizatsiya qilish uchun yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, isteʼmolchilar soni yildan-yilga tez suratlarda o‘sib bormoqda, yangi quvvatlar esa yetishmayapti.

So‘nggi yillarda 94,5 million metr2  yangi uylar foydalanishga topshirildi. Gazga bo‘lgan talab esa 10 mlrd metr3dan 12-13 milliard metr3gacha o‘sdi.

Mavzuga doir
Izoh

Xumoyun Ibodullayev

12.09.2023, 01:20

Buni yaxshilab korib chiqish kerak bu albatta taklif

Xumoyun Ibodullayev

12.09.2023, 01:19

Bu umuman notogri deb oyliyman sovuq kunlarda gaz yoq joylarda elekr pechlar qoyiladi,o'tin qilay desa ekalogiya qo'ymaydi 300 kv dan ko'p elektr istemol qilishga majbur bolib qoladi va oz ozidan kamgal oilalar 450-500 somdan pul tolashga majbur bob qoladi.Bu qanchalik togri

Sizning izohingiz moderatsiyadan keyin ko‘rinadi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »