Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Braziliya prezidenti Luis Lula da Silva Rossiya rahbari Vladimir Putin mamlakatga kelgan taqdirda uni hibsga olmaslik haqidagi kafolatlarini bekor qildi.

Foto: Nexta

11-sentabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Lula da Silva Putinning Braziliyada hibsga olinishi yoki yo‘qligini bilmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, buni hukumat emas, sud tizimi hal qiladi.

Bir kun oldin, Braziliya prezidenti rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni kelasi yili Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan G20 yig‘ilishida ishtirok etsa, hibsga olmasligini aytgandi.

Siyosatchi Dehlidagi G20 yig‘ilishi chog‘ida bergan intervyusida tegishli fikrni ilgari surgan. U Rossiya prezidenti 2024-yilgi tadbirga taklif qilinishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro jinoiy sud 2023-yil mart oyida Putinni urush paytida yuzlab bolalarni Ukrainadan noqonuniy ravishda deportatsiya qilishda ayblab, hibsga olishga order bergandi. Endi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar Putin ularning hududiga qadam bossa, hibsga olishi kerak.

Mavzuga doir
Izoh

Bahtiyor Islombekov

11.09.2023, 13:20

Жуда хайрон буламанда, гарб давлатлари минглаб одамларни Ирокда, Сурияда, Ливияда бомбардимон килиб улдиргани учун Гаага деган суд каерда эди?

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »