Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida changli havo kuzatilmoqda. Sanepidqo‘mita changli havoda qilish kerak bo‘lgan qator tavsiyalar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik-derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkinligi aytilgan. Mazkur havo sharoitida quyidagilarni qilish kerak:

  • Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
  • Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
  • Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
  • Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
  • Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; 
  • Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
  • Nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
  • Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, naʼmatak damlamasini ichish;
  • Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash; 
  • Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni isteʼmol qilish;
  • Chang ko‘p to‘planishining oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak;
  • Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
  • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni changyutkich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
  • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
  • Oyoq kiyimlarni eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
  • Xona havosi optimal namligini taʼminlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.

“Nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

11-sentabr kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, poytaxt havosi dunyoning yirik shaharlari orasida ifloslanish reytingida 7-o‘rinni egalladi. Toshkent shahar hokimligi kuchli changli shamol vaqtida mashinalarni daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »