Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In poyezdda Rossiyaga yo‘l oldi va u yerda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi. Bu haqda Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalariga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Donga

Manbalarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi 11-sentabr kuni Pxenyandan Rossiyaga poyezdda jo‘nab ketgan va u yerda Putin bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Kim Chen In hozir chegaraga yaqinlashgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, ikki yetakchi o‘rtasidagi uchrashuv 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Rossiya delegatsiyasidagi manba ma’lumotni tasdiqlagan. Kreml ham Putin taklifiga asosan Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiyaga kelishini tasdiqlagan.

Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi

Avvalroq Vashingtonda Shimoliy Koreya yetakchisi yaqin kunlarda Rossiyaga borib, prezident Vladimir Putin bilan uchrashib, Moskvaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqchiligi maʼlum qilingandi. 

Xabar qilinishicha, Shimoliy Koreyadan tashqariga kamdan kam sayohat qiladigan Kim Chen In zirhli poyezdda Vladivostokka borishi va 10—13-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Putin bilan uchrashishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »