Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Liviyada suv toshqinlari oqibatida 150 kishi halok bo‘ldi, ularning soni 250 kishiga yetishi mumkin. Bu haqda “RBK” xabar berdi. 

Foto: Telegram

Suv toshqinlariga Derna shahriga yopirilgan “Daniel” sikloni sabab bo‘lgan. Liviya Milliy birlik hukumati shaharda tabiiy ofat rejimini e’lon qilgan. Tabiiy ofat tufayli Al-Bayda shahri ham jiddiy zarar ko‘rgan. Armiyaning mahalliy aholini evakuatsiya qilish operatsiyasi natijasida besh nafar harbiy xizmatchi bilan aloqa uzilgan.

“Derna shahrida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi. Kuchli yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 250 nafarga yetishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

“Daniel” sikloni 10-sentabr kuni Liviyaning shimoli-sharqiga yopirildi. U qirg‘oq bo‘yidagi shaharlarga kuchli shamol, yomg‘ir va momaqaldiroqlarni olib keldi. Shu kuni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni Xalifa Xaftar barcha harbiy qismlarning jangovar tayyorgarligi darajasini maksimal darajaga ko‘tardi.

“Dushanbadan payshanbagacha (11-sentabrdan 14-sentabrgacha) davlat va xususiy sektordagi barcha muassasalarda bayroqlar yarim tushiriladi”, — dedi sharqdagi Beng‘ozi shahrida faoliyat yurituvchi parlament tomonidan saylangan vazirlar mahkamasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »