Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mossad — Isroil razvedka xizmati direktori David Barni Eron rahbarlarini isroilliklar yoki yahudiylarga zarar yetkazsa, buning uchun tovon to‘lashlaridan ogohlantirdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: The Times of Israel

Davidning da’vo qilishicha, “terror kampaniyasi” Eron rahbarning “siyosiy ko‘rsatmasi” asosida amalga oshirilmoqda. U so‘nggi bir yil ichida Isroil va uning ittifoqchilari Yevropa, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va Janubiy Amerikada 27 ta hujumning oldini olganini aytdi. Razvedka rahbari hujum “Eron ko‘rsatmasi” asosida tashkillashtirilganini bildirdi.

“Eronning baxtiga ularning terrorchilik harakatlari barbod bo‘ldi. Nega ularning baxtiga? Chunki biz hozirgacha faqat operativ xodimlar va ularni yuborganlarning faoliyatini kuzatishga yetib keldik. Biroq, agar isroilliklar yoki yahudiylarga zarar yetkazilsa, Isroilning javobi eng yuqori pog‘onaga yetib boradi”, — dedi Mossad rahbari.

Shuningdek, u Rossiyaning Eronga Isroilga ekzistensial xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ilg‘or qurollarini sotishidan xavotirdaligini aytdi.

“Eron Rossiyaga Shahidlardan tashqari qisqa va uzoq masofali raketalar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Rossiya bunga javoban Eronga Isroilga tahdid solishi mumkin bo‘lgan ilg‘or qurollarni berishi mumkinligidan qo‘rqamiz. Bu bizning tinchligimizga va ehtimol, mavjudligimizga tahdid solishi mumkin”, — dedi Barnea.

Holat yuzasidan u Eronga va rahbariyatiga javob qaytarish, “Tehronning yuragiga urish” bilan tahdid qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »