Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina harbiy razvedkasi Qora dengizdagi Boyko vishkalari — gaz va neft platformalari ustidan nazoratni qaytarganini e’lon qildi. Bu haqda xabar berdi.

Foto: Ukraina razvedkasi

Razvedka ma’lumotiga ko‘ra, “Pyotr Godovanets” va “Ukraina” burg‘ilash platformalari, shuningdek, “Tavrida” va “Sivash” suzuvchi burg‘ilash qurilmalari nazorat ostiga qaytarilgan. 

Foto: Ukraina razvedkasi

Bundan tashqari, operatsiya davomida vertolyot o‘q-dorilari va Qora dengizdagi kemalar harakatini kuzata oladigan Neva radar tizimi qo‘lga kiritilgan. Katerlardagi Ukraina maxsus kuchlari va Rossiya aerokosmik kuchlarining Su-30 qiruvchisi o‘rtasidagi jangda rus samolyoti shikastlangani aytilmoqda.

Foto: Ukraina razvedkasi

“Ukraina razvedkasi platformalar ustidan nazoratni qayta tiklash bo‘yicha operatsiyani strategik ahamiyatga ega deb hisoblaydi —shu tariqa Rossiya Qora dengizni to‘liq nazorat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu Ukrainani Qrimni qaytarishga yaqinlashtiradi”, — deydi razvedka.

Foto: Ukraina razvedkasi

Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizdagi mazkur vaziyatga izoh bermadi.

Boyko minoralari (“Vishki Boyko”) “Chernomorneftegaz” kompaniyasi tomonidan boshqarilgan. 2014-yilda Qrim anneksiya qilinganidan keyin “Chernomorneftegaz” Rossiya nazoratiga o‘tdi.

Foto: Ukraina razvedkasi

Britaniya razvedkasining ta’kidlashicha, Ukrainaga hujumdan beri Rossiya platformalardan vertolyotlar uchun maydonchalar va uzoq masofaga uchuvchi raketa tizimlarini joylashtirish uchun foydalangan. Bu ma’lumotga Ukraina razvedkasi ham qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »