Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Standart departamenti hamda harakatning Nimro‘z va Hayraton portlaridagi rasmiylari O‘zbekistonga bir vagon sifatsiz neft, Eronga to‘rt tanker dizel qaytarib yuborilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Arxiv foto: Sputnik

“Tolibon” standart departamenti Twitter (X)ga joylagan postida Nimro‘z portida Erondan keltirilgan to‘rtta sifatsiz dizel tankerini ortga qaytargani haqida yozgan.

Hayraton savdo portidagi “Tolibon” mutasaddilari esa O‘zbekistonga bir vagon sifatsiz neft qaytarib yuborilganini aytishgan.

Hayratondagi “Tolibon” standart departamenti rahbari G‘ulom Yahyo Laqoniyning aytishicha, ushbu sifatsiz neft O‘zbekistonning GTL zavodidan sotib olingan va Afg‘onistonga “Anor Dara” kompaniyasi tomonidan olib kelingan.

Departament mamlakatga sifatsiz neft kirib kelishining oldini olish uchun portlar monitoringi kuchaytirilganini ta’kidlamoqda.

Avvalroq “Tolibon” rasmiysi o‘tgan to‘rt oyda O‘zbekistondan kelgan 80 vagon sifatsiz neft-gaz ortga qaytarilganini da’vo qilgandi.

“O‘zbekneftgaz” raisi Bahodir Siddiqov shu kabi xabarlarga javoban Afg‘onistonga neft emas, yangi turdagi dizel yuborilgani, mahsulot sifati pastligi uchun emas, balki uning standarti Afg‘onistonda yo‘qligi uchun qaytarilganini tushuntirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »