Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida bugun, 11-sentabr kuni changli havo kuzatilmoqda. Havo bo‘yicha “O‘zgidromet” kuzatuv natijalari e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida ayni vaqtda (16:00-17:00) havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi quyidagicha:

  • Yunusobod tumani “Bodomzor” yo‘lida – 133 mkg/m3; 
  • Chilonzor tumani “Xalqlar do‘stligi” maydonida –171 mkg/m3. 

Ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning “zararli” darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi. 

11-sentabr kuni soat 15:00 holatiga ko‘ra, poytaxt havosi dunyoning yirik shaharlari orasida ifloslanish reytingida 7-o‘rinni egalladi. Toshkent shahar hokimligi kuchli changli shamol vaqtida mashinalarni daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘radi. Sanepidqo‘mita changli havoda qilish kerak bo‘lgan qator tavsiyalar berdi.

Xususan, havo tarkibidagi chang zarralari uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik-derazalaridan sizib kirib, yopiq xonalar havosini ham chang zarrachalari bilan ifloslantirishi mumkinligi aytilgan. Mazkur havo sharoitida quyidagilarni qilish kerak:

  • Ko‘chaga iloji boricha kamroq chiqish;
  • Ishga, o‘qishga, xarid uchun ko‘chaga chiqqanda tibbiy niqob taqish va har 2 soatda almashtirish;
  • Ko‘chadan uyga qaytgach dush qabul qilish (soch va yuz-ko‘zlarni yaxshilab yuvish);
  • Kalit, ko‘zoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxshilab artish;
  • Ko‘chaga kiyib chiqqan kiyimlarni yuvish; 
  • Ustki kiyimlarni (kostyum, plash, palto va boshqalar) maska taqqan holda tashqarida yaxshilab qoqish;
  • Nim taʼsir etuvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez chayish;
  • Ko‘proq suyuqlik (iliq) ichish, iloji bo‘lsa ko‘k choy, naʼmatak damlamasini ichish;
  • Yog‘li, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, sho‘r, achchiq taomlarni cheklash; 
  • Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boshqalar), ko‘katlarni isteʼmol qilish;
  • Chang ko‘p to‘planishining oldini olish va uyni hamda yuzalarni to‘g‘ri tozalash kerak;
  • Uy, ishxona va mashina eshiklari va derazalarini zich yopish;
  • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan hamma narsalarni changyutkich yordamida tozalash kerak (kovrolin, gilam, yumshoq mebel, yumshoq o‘yinchoqlar va boshqalar). Yumshoq mebelni qoqishdan avval usti namlangan latta bilan o‘ralishi tavsiya etiladi.
  • Chang yig‘ilishi mumkin bo‘lgan barcha yuzalarni (pol, shkaf, ishchi yuzalar va boshqalar) kun davomida bir necha marta namlangan latta bilan yaxshilab artish kerak;
  • Oyoq kiyimlarni eshik oldida qoldirish va imkon qadar tezroq yuvib qo‘yish kerak;
  • Xona havosi optimal namligini taʼminlash: ho‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish.

“Nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor yurtdoshlarimizga changli havoda tashqariga chiqmaslikni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »