Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donetsk viloyatida Road to Relief gumanitar tashkiloti ko‘ngillilari Rossiya tomonidan o‘qqa tutildi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda tashkilot o‘zining Instagram dagi sahifasida.

Qurbonlardan biri Emma Igualning arxiv surati
Foto: Instagram

Tashkilot maʼlumotlariga ko‘ra, 10-sentabr kuni ertalab ko‘ngillilar Slavyanskdan chiqib Baxmut yo‘nalishida harakatlanayotgan edi. Mashinada to‘rt kishi bo‘lgan.

“Ular Chasov Yardan o‘tayotganda, mashinasiga rus askarlari hujum qildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri zarba oqibatida mashina ag‘darilib, yonib ketdi”, — deyiladi tashkilot xabarida.

Hodisa oqibatida kanadalik ko‘ngilli Entoni Ignat va ispaniyalik ko‘ngilli, Road to Relief direktori Emma Igual halok bo‘ldi. Uning o‘limini Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares tasdiqladi, deb yozadi El Mundo gazetasi.

Entoni Ignat (chapda)
Foto: Instagram

Bundan tashqari, Germaniya va Shvetsiyadan kelgan ko‘ngillilar Ruben Mavik va Yoxan Matias Tir metal parchalari sanchilishidan og‘ir jarohatlar olgan, tanasi kuygan. Ular hozir kasalxonada.

Road to Relief faoliyati 2022-yil mart oyida boshlangan. U front chizig‘ida joylashgan Ukraina aholi punktlaridagi odamlarga gumanitar yordam ko‘rsatadi va ularni jangovar hududdan evakuatsiya qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »