Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

USAID O‘zbekistonda dori vositalari sifati va xavfsizligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi, deb xabar bermoqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati

O‘zbekiston—AQSH tarixida ilk bor Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Sog‘liqni saqlash sohasidagi forum” doirasida USAID ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Devid Xoffman va Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda dori vositalari sifatini yaxshilash va farmatsevtika tarmog‘i rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, USAID va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi o‘rtasida anglashuv memorandumini imzoladi.

AQSH Farmakopiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sifatli dori vositalarini targ‘ib qilish plyus” dasturi orqali, USAID O‘zbekistondagi milliy manfaatdor tomonlar va hamkorlar bilan dori vositalari sifatini taʼminlash tizimini barqaror mustahkamlash hamda O‘zbekiston fuqarolarining sifati kafolatlangan muhim dori vositalari va tibbiy buyumlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida, yaqindan hamkorlik qiladi.

“O‘zbekiston bilan hamkorligimiz uzoq tarixga ega. Biz sog‘liqni saqlash sohasida nafaqat bugungi kundagi muammolar, balki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasida ham hamkorlik qilyapmiz. O‘zaro aloqalarimiz farmatsevtika, laboratoriya tadqiqotlari, kadrlar tayyorlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi”, — degan AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik.

USAID ning O‘zbekistondagi rahbari Devid Xofman “Dori vositalari sifatini rag‘batlantirish” dasturini amalga oshiralayotganini, USAID ning texnik ko‘magida O‘zbekiston dori vositalarini JSST ro‘yxatidan muvaffaqiyatli o‘tkazganini qayd etgan.

Uning ta‘kidlashicha, silga qarshi kurashish va farmatsevtika — O‘zbekiston bilan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »