Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In deyarli to‘rt yil ichida ilk bor Rossiyaga tashrif buyurdi. Buning uchun u o‘zining sevimli transport turi — hashamatli, og‘ir zirhli va juda sekin harakatlanuvchi poyezdidan foydalanadi. 

Foto: Reuters

The Washington Post gazetasining yozishicha, Kim Shimoliy Koreya chegarasidan 300 mil uzoqlikda joylashgan Vladivostok port shahrida prezident Vladimir Putin bilan uchrashish va Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.

Foto: AP Photo

2011-yilda otasi Kim Chen Ir vafotidan keyin mamlakat rahbariyatini o‘z qo‘liga olganidan beri Kim Chen In Shimoliy Koreyadan tashqariga kamdan-kam sayohat qiladi. KXDR koronavirus pandemiyasi davrida o‘zini dunyoning qolgan qismidan deyarli uzib qo‘ygan. 

Shunisi e’tiborga loyiqki, rossiyalik diplomatlar 2021-yilda nihoyat izolyatsiya qilingan Shimoliy Koreyani tark etgach, chegarani kesib o‘tish uchun poyezd vagonidan foydalangan.

Ko‘pincha Shimoliy Koreya yetakchisi maxsus ishlab chiqarilgan poyezdda dunyo bo‘ylab sayohat qiladi.

Foto: AP Photo

Lazzatli taomlardan Mercedes’gacha: hashamatli poyezdda nima bor?

Shimoliy Koreya elitasidan tashqari ozchilik Kim Chen In poyezdida sayohat qilgan. Ammo davlat ommaviy axborot vositalari fotosuratlari, sayohatchilar va razvedka hisobotlari hashamatni tasvirlaydi.

Poyezd tarkiblari tashqi tomondan yashil va sariq ranglarda bo‘yalgan. Ichkaridan olingan suratlarda yaltiroq-oq interyer, uzun brifing stollari va tekis ekranli monitorlar ko‘zga tashlanadi. Ayrim tasvirlarda qizil charm stullar bilan jihozlangan xonalarni ko‘rish mumkin.

Foto: Korean News Service

Shimoliy Koreya rahbarining safari haqidagi eng batafsil maʼlumotlardan biri rossiyalik rasmiy Konstantin Pulikovskiyga tegishli bo‘lib, u “Sharq ekspressi” nomli kitobida Kim Chen Ir bilan Rossiyaning Uzoq Sharqiga qilgan safari haqida hikoya qilgan. Pulikovskiyning kitobida taomlarning keng tanlovini o‘z ichiga olgan menyu tasvirlangan.

“Rus, xitoy, koreys, yapon va fransuz oshxonalaridan har qanday taomga buyurtma berish mumkin edi”, — deb yozgan u.

 U Bordo va Burgundiya vinolaridan iborat qutilar, shuningdek, tirik omar (katta dengiz qisqichbaqasi) borligini qo‘shimcha qilgan. 

“Poyezddagi sayohatchilarni ‘konduktorlar’ sifatida tanishtirilgan yosh qo‘shiqchilar xursand qilgan”, — degan Pulikovskiy.

Janubiy Koreyaning Chosun Ilbo gazetasida 2009-yilda chop etilgan maqolada aytilishicha, poyezdda bor-yo‘g‘i 90 ta vagon bor.

Ba’zilari transport vositalarini tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin: 2001-yilda Kim Chen Ir bilan birga bo‘lgan boshqa rossiyalik diplomat Georgiy Toloraya safarda ikkita zirhli Mersedes mashinasi olib ketilganini yozgan.

Foto: The New York Times

Kimning poyezdi sekin va vayronkor

Kim poyezdi maksimal tezlikda soatiga 37 milya yura oladi. Bu odatda poyezdga o‘rnatilgan qo‘shimcha zirh va uning og‘irligi bilan bog‘liq.

Tolorayaning aytishicha, rossiyalik texniklar 2001-yilda Kim Chen Ir poyezdini ko‘zdan kechirganlarida, Shimoliy Koreya yetakchisi turar joy va rasmiy maqsadlarda foydalangan ikkita asosiy poyezd vagonlari ostidan zirh plitalarini aniqlagan.

Why Kim Jong Un Chose to Take a 2-Day Train Trip to Vietnam | Time

Shuningdek, vagonlar sovet davridan kelib chiqqan, ammo keyinchalik kuchli modernizatsiya qilingan. Poyezd sayohat paytida ko‘pincha xavfsizlik sababli ommaviy uzilishlarga sabab bo‘ladi. 

2009-yildanoq ommaviy axborot vositalari 100 ga yaqin xavfsizlik agentlari barcha stansiyalarni ehtimoliy tahdidlar bor-yo‘qligiga tekshirganini yozgan.

Boshqa poyezdlarning harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun stansiyalarda elektr quvvati uzilib qo‘yilgan. Shuningdek, Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan Il-76 Harbiy havo kuchlarining transport samolyotlari va Mi-17 vertolyotlarini o‘z ichiga olgan yirik logistika yordam guruhi mavjud.

Bitta poyezd yo‘llarning xavfsizligini ta’minlagan, uchinchi va oxirgi poyezd esa yordamchi xodimlar va tansoqchilarni tashigan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »