Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Liviyaning Derna shahrida ikki mingga yaqin odam “Daniel” to‘foni oqibatlaridan, jumladan, suv toshqini tufayli halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al-Jazeera va Reuters Liviya sharqidagi qurolli kuchlar vakiliga tayanib. Sharqiy Liviya hukumati bosh vaziri Usama Hamad ham qurbonlar soni shuncha ekanini aytdi.

Foto: Reuters

Harbiylarning aytishicha, 5 mingdan 6 minggacha odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Liviya Sog‘liqni saqlash idoralari toshqin qurbonlarining tasdiqlangan soni 61 kishi ekanini bildirdi, ammo Derna shahrida halok bo‘lganlar bu hisobga kiritilmagan.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

10-sentabr, yakshanba kuni Liviyaning sharqiy qismiga “Daniel” dovuli yopirildi. Tabiiy ofat sohil bo‘yidagi Jabal al-Axdar, Derna va Beng‘ozi  shaharlariga ta’sir ko‘rsatdi. Liviya hukumati sharqdagi Kirenaika provinsiyasidagi uchta hududni (jumladan, Derna shahri) falokat zonasi deb e’lon qildi va xalqaro yordam so‘radi, deb xabar bermoqda Al Jazeera mamlakat prezidentlik kengashi bayonotiga tayanib.

Dovul tufayli Dernani o‘rab turgan ikkita to‘g‘on qulab, suv toshqiniga sabab bo‘ldi. Suv Liviya sharqidagi ko‘plab qirg‘oqbo‘yi shaharlarida turar joylarni yuvib, uylarni vayron qildi. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi, maktab va do‘konlarni yopdi hamda komendantlik soati joriy qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti “mahalliy va milliy javob choralarini qo‘llab-quvvatlash uchun shoshilinch favqulodda yordam ko‘rsatishga” va’da berdi.

Foto: Reuters

Liviya hukumati suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »