Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Liviya Milliy birlik hukumati kuchli yomg‘ir va suv toshqinlaridan keyin mamlakat sharqiy hududlarini tiklash uchun 2 milliard dinor (taxminan 412 million AQSH dollari) ajratadi. Bu haqda Al Wasat portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ushbu mablag‘ni Beng‘ozi va Derna shaharlarini tiklash uchun ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Foto: AP

Bundan tashqari, Milliy birlik hukumati transport loyihalari agentligiga xalqaro kompaniyalar bilan infratuzilmani qayta tiklash bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat berdi. Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, munitsipalitetlarga jabrlanganlar ro‘yxatini tuzib, ularga oylik nafaqa to‘lash bo‘yicha topshiriq berdi.

Kecha 11-sentabr kuni Liviyaning sharqiy hududlariga yopirilgan “Daniel” sikloni sabab kuchli suv toshqinlari yuzaga keldi. Tabiiy ofat oqibatida 2 mingga yaqin inson halok bo‘lgani xabar qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »