Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

15-sentabrdan 15-oktabrgacha Toshkent Shimoliy temiryo‘l vokzalidan harakatlanadigan aksariyat poyezdlar qatnovi Toshkent Janubiy vokzalidan amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temiryo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, bu vaqt mobaynida “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi yo‘lda texnik taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi

  • Afrosiyob” elektropoyezdlari,
  • “Sharq” (Toshkent—Buxoro—Toshkent),
  • “Nasaf” (Toshkent—Qarshi—Toshkent),
  • “O‘zbekiston” (Toshkent—Andijon—Toshkent) hamda
  • xalqaro yo‘nalishlardagi Toshkent—Volgograd—Toshkent, Dushanbe—Toshkent—Dushanbe yo‘lovchi poyezdlari Toshkent Janubiy  temiryo‘l vokzal hududidan reyslarini  amalga oshiradi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent Markaziy  hamda Toshkent Janubiy temiryo‘l vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tun-u kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin.

Toshkent Janubiy temiryo‘l vokzaldagi kutish zallari, vokzalga kirishda uchta bir bosqichli nazorat o‘tish punktlari doimiy ravishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, bir oy mobaynida Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan, yoki yanglishib Toshkent Shimoliy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni Toshkent Janubiy temiryo‘l vokzaliga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, Olmaota—Toshkent—Olmaota, Toshkent—Novosibirsk—Toshkent, Toshkent—Samara—Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda Toshkent—Xojikent—Toshkent shaharlararo poyezdlari qatnovi bundan mustasno, ular Shimoliy vokzaldan qatnovni davom ettiraveradi.

Bundan oldin 13—15-sentabr kunlari amalga oshiriladigan bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »