Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida amalga oshirilayotgan qurilish maydonida 6 tup mevali va 4 tup manzarali — jami 10 tup daraxt o‘sishdan to‘xtaydigan darajada shikastlantirilgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning fevralida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tuman bo‘limi xodimlari Ascendant Group kompaniyasi tomonidan Shahriobod ko‘chasida amalga oshirilayotgan qurilish maydonidagi 30 tup daraxtni xatlovdan o‘tkazgan.

Kompaniya daraxt va butalarga shikast yetkazish, daraxtlarning qurib qolishiga sharoit yaratish yoki qurib qolishi uchun kimyoviy moddalarni to‘kish hamda daraxtlarni noqonuniy kesilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilganiga qaramasdan, qurilish ishlarini olib borishda qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan.

“Hududdagi 3 tup o‘rik, 2 tup gilos, 1 tup xurmo daraxtlari hamda 3 tup chinor, 1 tup shumtol daraxtlari o‘sishdan to‘xtaydigan darajada shikaslantirilgan” — deyiladi xabarda.

Ayni paytda, to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berilishi maqsadida, prokuratura organlariga taqdim etilgan. Zarar miqdori hisoblanganida 248 million 94 ming so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »