Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya Ukrainaga 5,8 milliard Daniya kroni (taxminan 830 million dollar) miqdorida yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Unga tanklar, piyodalar jangovar mashinalari, tank o‘q-dorilari va zenit majmualari kiradi.

Bu haqda Daniya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, bu to‘plam 12-paket bo‘ladi va Rossiyaning Ukrainaga hujumni boshlaganidan beri eng yirigi bo‘ladi.

Foto: Google Images

“12-yordam paketi Ukraina jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan bir qator qurol va majmualarni taqdim etadi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Ukraina uchun ushbu harbiy yordam paketi Moliya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

“Ukraina Rossiyaning bosqinidan o‘zini himoya qilishda davom etishi uchun Daniya kabi davlatlar Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etishi mutlaqo zarur”, dedi Daniya mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen.

Uning ta’kidlashicha, ushbu harbiy yordam paketi “yangi bosqich”ga o‘tishdan dalolat beradi. Bir yarim yildan ortiq davom etgan keng ko‘lamli urushdan so‘ng Daniya Mudofaa vazirligi zaxiralarini deyarli tugatdi, dedi Troels Lund Poulsen. Shu munosabat bilan, mamlakat xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Ukraina ehtiyojlariga moslashtiriladigan maqsadli qo‘shma xaridlarni ko‘rib chiqmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »