Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

90 yashar Shahodat Saidaliyeva va 88 yoshli Anorxon Mansurova To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Bekobod” mahallasida istiqomat qiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Tabarruk yoshni qarshilagan opa-singillarning birlari 11, yana birlari 9 nafar farzandga bosh. Ikkovlarida 100 dan ortiq nevara-evaralar bor.

Anorxon aya Mansurova

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Anorxon Mansurovaning o‘g‘li Sardorbek shu mahalladagi fermer xo‘jaligi rahbari. Opa-singil xo‘jalik dalalariga chiqib, paxta terishni odat qilishgan. Tushlik vaqtiga qadar 45-50 kilogrammdan xirmon uyishmoqda.

Shahodat aya Saidaliyeva

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

“90 yoshga qarab ketayotgan bo‘lsam, umrimning 70 yili dalada o‘tdi. Paxta terdim, pilla boqdim. Menga ergashib, o‘g‘lim ham fermer bo‘lib ketdi. Bekor o‘tirmaylik deb, opam ikkovimiz dalaga chiqib turibmiz. Ham qon yurishadi, ham xirmonga baraka”, — deydi Anorxon aya.

Foto: To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »