Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi shu haftada mahalliy o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchi va talabalarga bevosita dars berish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab 10 oylik o‘qitish, malaka oshirish dasturlarini boshlash uchun 25 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisini mamlakatga olib keldi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi

Ushbu guruh tarkibiga maktablarning 10-sinfidan to universitet darajasigacha bo‘lgan bosqichda mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari bilan birgalikda dars beruvchi amerikalik 17 nafar ingliz tili o‘qituvchisi hamda universitet darajasida ingliz tili o‘qitish salohiyatini oshiradigan, boshqa tillarda so‘zlashuvchilar uchun ingliz tili o‘qitishga (TESOL) ixtisoslashgan 8 nafar tajribali ustoz (EL Fellows) kiradi.

Amerikalik o‘qituvchilarning 15 nafari AQSH davlat departamentining Fulbrayt ingliz tili o‘qitish bo‘yicha yordamchisi (ETA) dasturining bir qismidir, ikki nafari esa O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitishni davom ettirish maqsadida Toshkentdagi AQSH elchixonasining “Ingliz tili o‘rgatuvchi” dasturida avval ham qatnashgan ETA bitiruvchilaridir. Bu ustozlar TESOL yoki tegishli sohada magistr darajasiga va o‘rtacha 10 yillik o‘qituvchilik tajribasiga ega.

25 nafar amerikalik o‘qituvchi Qo‘shma Shtatlarning turli burchaklaridan – Kaliforniyadan Floridagacha bo‘lgan hududdan kelgan bo‘lib, ular O‘zbekistonning 11 ta viloyatida ingliz tili o‘qitish va o‘rganishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular, shuningdek, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish (TEFL) bo‘yicha zamonaviy ilg‘or tajribalarni namoyish etish orqali Qo‘shma Shtatlarning madaniyat elchilari sifatida ham xizmat qiladi.

Amerikalik mutaxassislarni jalb qilgan holda ingliz tilini o‘rgatish tashabbuslari 2019-yilda AQSH elchixonasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan hamkorlikda boshlangan.

Bu dasturlar AQSH hukumatining O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishni kuchaytirishga qaratilgan ulkan majburiyatlarining faqat bir qismi hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyevning ingliz tilini o‘rganish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish borasidagi islohotlariga muvofiq, 2018-yildan beri AQSH hukumati O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishga 28 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan.

Ushbu yordam butun mamlakat bo‘ylab 10 mingdan ortiq maktab uchun yuqori sifatli ingliz tili darsliklarini xarid qilish hamda umumta’lim maktablaridagi 15 ming nafar ingliz tili o‘qituvchisi malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »