Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tgan tushlik menyusi e’lon qilindi.

Foto: Arxiv / Getty Images

Menyuga ko‘ra, Kim Chen In kamchatka qisqichbaqasidan tayyorlangan chuchvara bilan mehmon qilingan. Menyuda qo‘ziqorin va kartoshka bilan tortilgan bakra balig‘i, oq amurdan uxa (sho‘rva), pechda pishirilgan sabzavot va marmar mol go‘shtidan antrekot (fransuz taomi), anjir va nektarinli o‘rdak salati.

Shimoliy Koreya yetakchisi desert sifatida kedr yong‘oqlari va quyultirilgan sutli brusnika bilan siylangan.

“Bularning barchasi dastlab prezidentlarning oshpazlari bilan muhokama qilinadi, so‘ngra har bir tomon tanloviga asosan sog‘lom va organizmda yaxshi so‘riladigan turli xil menyu tuziladi”, — deydi Rossiya oshpazlar uyushmasi a’zosi Anatoliy Kryukov.

U ushbu darajadagi menyuda har qanday mamlakat delegatsiyasining tanlovi hisobga olinishini eslatdi.

4-sentabr kuni Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Sochiga tashrifida uni shohona mehmon qilgandi. Menyudan ikkita gazak, sho‘rva, tanlovga asosan ikkita issiq taom va shirinlik o‘rin olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »