Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi ishlab chiqaruvchisi — Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd korxonasi O‘zbekistonga yana 4 ta dorilarni kiritishga harakat qilgan. Bu haqda navbatdagi sud majlisida sudlanuvchilardan biri gapirib berdi. 

Foto: “Daryo”

Sudda dastlab ko‘rsatmalarini aytgan sudlanuvchi — “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning “Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlash” laboratoriyasi mudiri G.B. sudya Muso Yusupovning “Qaysi dorilarda kamchiliklar aniqlangandi”, degan savoliga javoban shu haqida gapirdi. 

Sudlanuvchining tushuntirishicha, Marion Biotech Pvt. Ltd korxonasi mas’ullari “Dok-1 Maks” siropidan topilgan etilenglikol va dietilenglikol kabi yot moddalari mavjud bo‘lgan boshqa dorilarni ham ro‘yxatdan o‘tkazib, O‘zbekistonda sotilishiga ruxsat so‘ragan

Foto: “Daryo”
“Tarireks” dori vositasi, keyinchalik “Kuraraks” nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Keyin “Kyurazit” tabletka dori vositasi, “Frakdjoin” tabletka vositasi, “Rozunoks” tabletka dori vositasi “Dashbord” nomli elektron bazaga kiritilib, kamchiliklari bartaraf etilishi belgilangan, — deydi sudlanuvchi.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur dorilar O‘zbekistondagi dorixonalarda sotuvga chiqishga ulgurmagan. 

O‘zbekistonda 65 nafar bola o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud majlisi 2023-yilning 11-avgust kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rila boshlangan bo‘lib, sud ochiq sud majlisi tarzida davom ettirilmoqda.

Sud majlislarida ayblanuvchilarning advokatlari bir necha bor OAVlar faoliyatiga e’tiroz bildirib, suddagi ma’lumotlar ommaga chiqlanayotganidan yozg‘irgan. Shuningdek, ular “Kun.uz”, “Qalampir.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaslikda ayblagan bo‘lsa, “Gazeta.uz” nashrini sud jarayonlarini onlayn tarzda yoritishda ayblab, faoliyatini cheklagan. Shundan so‘ng sudda ushbu nashr vakillari ishtirok etmayapti.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudlanuvchilardan birining advokati, advokat Sobirov “Daryo” internet nashrini suddagi ma’lumotlarni ommaga ochiqlab, barcha kirdikorlarni fosh etishda aybladi. Va sud hay’atiga iltimosnoma kiritib, nashr jurnalistilari hamda sudda ishtirok etayotgan boshqa OAV vakillarini suddan chiqarib yuborishni so‘ragandi.

“Daryo” nashri mazkur ma’lumotlar sudda so‘z olgan sudlanuvchilar tomonidan yangrayotganini eslatib, sud majlisida sudlanuvchilar va advokatlar savol-javobida bundan-da qiziq ma’lumotlar yangrayotganini, ammo sud tergoviga xalal bermaslik maqsadida barchasini ochiqlashga ruxsat berilmayotganini qo‘shimcha qiladi.

Mavzuga doir
Izoh

Shuxrat Turaboev

14.09.2023, 12:29

Afsus, dori vositasidan bunday ommaviy zaharlanish kuzatildi. Hozirgi kunda bunday holat boshqa bir dori vositasidan sodir bo'masligiga kafolat bormi, oldini olish uchun mas'ul tashkilotlar tomonidan biror chora ko'rildimi, shu haqda hech kim, hech qeyerda bayonot bermayabdi. Yoki takror ommaviy zaharlanish kuzatilgandan keyin chora ko'riladimi, yoki faqat aybdorlarni topib jazolashdan uyog'iga o'ta olmaymizmi, Alloh asrasin?

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »