Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Liviyada vayronkor suv toshqinlari oqibatida 5000 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Getty Images

Liviya hukumati ichki ishlar vaziri kamida 5300 kishi tabiiy ofat qurboniga aylanganini ma’lum qildi. Asosiy qurbonlar va vayronagarchiliklar mamlakat sharqidagi Derna port shahrida kuzatilgan. Shahardagi ikkita damba suv bosimi ostida yorilib ketgan. Liviya sharqini nazorat qiluvchi maʼmuriyatning sog‘liqni saqlash vaziri avvalroq 3000 dan ortiq odam halok bo‘lgani tasdiqlangandi.

“Bedarak yo‘qolganlar soni minglab, halok bo‘lganlar soni esa 10 mingga yetishi kutilmoqda”, — dedi Usmon Abdel Jalil.
Foto: AFP

Dernada butun boshli kvartallar suv ostida qolgan. Qabristondagi 700 dan ortiq jasadning shaxsini aniqlash kutilmoqda, mahalliy sog‘liqni saqlash rasmiylari esa minglab odamlar bedarak yo‘qolganini aytmoqda.

“Derna shahridagi vaziyat tobora fojiali bo‘lib bormoqda, qurbonlar soni bo‘yicha yakuniy statistik ma’lumotlar yo‘q. Ko‘p hududlarga hali kirish imkoni yo‘q”, — dedi Jalil.

BMT xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Liviyaning suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarida kamida 34 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Eng og‘ir zarba Dernada qayd etilgan, u yerda bo‘ron oqibatida ikkita damba yorilib, 30 ming aholi qochqinga aylangan.

Foto: Middle East Eye

BMT ma‘lumotlariga ko‘ra, ular boshpana va nooziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj, ammo jabrlanganlarga yordam yetkazish qiyin, chunki hududdagi aksariyat yo‘llar suv ostida qolmoqda, to‘sib qo‘yilgan yoki vayron bo‘lgan.

Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi xayriya tashkilotiga ko‘ra, Liviya sharqidagi ko‘plab klinikalar va shifoxonalar toshqin qurbonlari bilan to‘lib ketgan.

“Tez yordam mashinalari ta’mirga muhtoj, jismoniy kirishda qiyinchiliklar va moddiy-texnik yordamga bo‘lgan ehtiyoj tibbiy ko‘ngillilarning zarar ko‘rgan hududlarda ishlashini qiyinlashtirmoqda. Suv ​​orqali yuqadigan kasalliklarning tarqalishi ehtimoli ham tashvishga solmoqda”, — dedi tashkilotning mamlakatdagi direktori Eli Abuaun.

Ayrim bemorlar boshqa shaharlarga evakuatsiya qilinmoqda, biroq telefon aloqasi yo‘qligi, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘lgani sababli jabrlangan hududlarda tibbiy yordam ko‘rsatish qiyin.

10,000 missing in Libya storm floods, death toll 'huge' | The Manila Times

Suv toshqinlari ko‘plab hududlarda internet va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini ishdan chiqardi, hozirda ko‘plab hududlarda aloqa tiklangan.

Tabiiy ofat Liviyani Yevropa bilan bog‘laydigan dengiz osti kabelini uzib qo‘ygan. Jabrlangan hududlarda aloqani tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda poytaxt Tripolidan faoliyat yurituvchi mamlakatning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati bosh vaziri Abdul Hamid Dbeybah, uning vazirlar mahkamasi xorijiy yordamni qabul qilishdan oldin baholashini aytdi.

“Ko‘plab yordam takliflari bo‘ldi va biz faqat kerakli yordamni qabul qilamiz”, — dedi u.

Rescuers recover over 2,000 bodies after floods devastate eastern Libya and  displace 30,000 people

Gumanitar yordam eng ko‘p jabr ko‘rgan Derna shahri joylashgan Liviyaning sharqiy qismiga kela boshladi, biroq qutqaruv ishlariga siyosiy vaziyat to‘sqinlik qildi — mamlakat ikki raqobatchi hukumat o‘rtasida bo‘lingan.

“Xalqaro yordamni tanlab qabul qilish ham qutqaruv operatsiyasini muvofiqlashtirishni osonlashtiradi”, dedi Dbeybah.

Sharqiy Liviyaning tan olinmagan hukumati fuqaro aviatsiyasi vaziri Hikem Abu Shkiuvatning aytishicha, Dernadagi vaziyat halokatli. 

“Jasadlar hamma joyda — dengizda, vodiylarda, binolar ostida yotibdi. Shaharning 25 foizi g‘oyib bo‘ldi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘p, ko‘p binolar qulab tushdi. Yakuniy yo‘qotishlar juda katta bo‘ladi”, — dedi u.

Mutaxassislar avvalroq Dernadagi to‘g‘onlar portlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Ammo bu sodir bo'lganda, hech kim Derna aholisini xabardor qilmagan.

Dernadan tashqari mamlakat sharqidagi Beng‘ozi, Sus va Al-Maj shaharlari ham jabrlangan.

Liviya armiyasining yetti nafar askari qutqaruv ishlari chog‘ida g‘oyib bo‘lgan. Liviya sharqida rasmiylar komendantlik soati joriy qildi, maktab va do‘konlarni yopishni buyurgan.

2011-yilda Muammar Kaddafiy hokimiyatdan ag‘darilgan qo‘zg‘olondan beri Liviya ikki raqib ma’muriyat o‘rtasida bo‘lingan. Na tan olingan va na tan olinmagan hukumatlar infratuzilmani saqlash va ta’mirlashga sarmoya kiritmadi, bu esa suv toshqinining halokatli oqibatlarini tushuntirishi mumkin.

Libya flooding: At least 10,000 people missing in Derna, government says -  The Washington Post

BBC muxbiri Amira Fathallah ta’kidlaganidek, “Daniel” bo‘ronining halokatli ta’siri mamlakatdagi zaif va murakkab siyosiy vaziyatni birinchi o‘ringa olib chiqdi.

Liviyani raqobatdosh organlar boshqaradi — mamlakat g‘arbida xalqaro tan olingan Milliy birlik hukumati va sharqda Vakillar palatasi deb nomlangan parlament.

Ushbu bo‘ron o‘tgan hafta Gretsiya, Turkiya va Bolgariyani bosib, o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgandi. Endi u G‘azo sektoriga ham yopirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »