Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida “imperializmga qarshi kurashda” Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U KXDR Putin va uning hukumati qarorlarini doim qo‘llab-quvvatlab kelganiga ishontirdi.

Videodan kadr

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozir “milliy suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish uchun otlangan”.

 “Biz munosabatlarni yanada rivojlantirishni istaymiz, biz har doim Putinning qarorlarini, shuningdek, Rossiya hukumati qarorlarini qo‘llab-quvvatlaganmiz. Umid qilamanki, imperializmga qarshi kurashda va suveren davlat qurishda doim birga bo‘lamiz”, — dedi KXDR rahbari.

KXDR yetakchisi kecha, 12-sentabr kuni Rossiyaga keldi. Bugungi uchrashuv “Vostochniy” kosmodromida bo‘lib o‘tdi. Suhbatdan oldin ular “Angara” raketasini yig‘ish jarayoni bilan tanishdi. 

Uchrashuv boshida ikki soatlik muzokaralar o‘tkazildi, so‘ng Shimoliy Koreyadan kelgan mehmonlar sharafiga ziyofat tushligi boshlandi. Jami to‘rt soatlik muloqotdan so‘ng Putin va Kimning uchrashuvi yakunlandi. KXDR rahbari “Vostochniy” kosmodromini tark etdi.

Bu Kim Chen Inning koronavirus pandemiyasidan keyin Shimoliy Koreyadan tashqariga ommaga ma’lum birinchi safaridir. Rossiyaga esa KXDR rahbari avval ham — 2019-yilda tashrif buyurgandi.

G‘arb matbuoti xabariga ko‘ra, Kim va Putinning muzokara mavzularidan biri — KXDRdan Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘lishi mumkin. G‘arb razvedka xizmatlariga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Iyul oyida Shoygu KXDRga rasmiy tashrif bilan bordi. AQSH razvedkasi ushbu safarni muzokaralarga tayyorgarlik sifatida baholadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »