Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Amur viloyatidagi “Vostochniy” kosmodromida uchrashdi.

KXDR yetakchisi 12-sentabr kuni zirhli poyezdda Rossiyaning “Xasan” stansiyasiga yetib kelgandi, bugun esa uning poyezdi “Vostochniy” kosmodromi temiryo‘l vokzaliga keldi.

Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, Kim Chen In Rossiyaga tashrifi “strategik” ahamiyatga ega ekanini aytgan.

Agentlik Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifidan maqsadni “Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yangi cho‘qqilarga ko‘tarish” deb atadi.

Kim va Putinning muzokara mavzularidan biri — KXDRdan Rossiyaga qurol yetkazib berish bo‘lishi mumkin. G‘arb razvedka xizmatlariga ko‘ra, Rossiya va Shimoliy Koreya Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Iyul oyida Shoygu KXDRga rasmiy tashrif bilan bordi. AQSH razvedkasi ushbu safarni muzokaralarga tayyorgarlik sifatida baholadi.

Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib berishga rozi bo‘lsa, yangi sanksiyalar qo‘llashga tayyorligini allaqachon ma’lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya qurol evaziga Rossiyadan oziq-ovqat va energiya resurslarini olishga umid qilmoqda.

Kim Chen In Rossiyaga avval ham – 2019-yilda tashrif buyurgan. O‘shanda u Vladivostokdagi forumda qatnashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »