Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘tgan yili Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya flotiga hujum uyushtirmoqchi bo‘lganida, nima uchun Qrim sohillari yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini yoqib bermaganini tushuntirishda davom etmoqda.

Foto: Getty Images

All-In Summit texnologiya konferensiyasida Mask Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga sanksiyalar kiritilgani tufayli u yerda Starlink’ni yoqa olmaganini aytdi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, yoqish uchun AQSH rasmiylaridan ruxsat talab qilingan va go‘yoki uni olishga vaqt bo‘lmagan, chunki Ukraina tomoni “yarim tunda” iltimos bilan chiqqan.

“Agar menda AQSH prezidentining tizimni yoqish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri buyrug‘i bo‘lganida, buni qilgan bo‘lardim, ammo bunday buyruq kelmadi”, — dedi Mask

2022-yilda Ukraina harbiylarining Qrimdagi Rossiya harbiy-dengiz flotiga hujum rejalari Starlink tufayli barbod bo‘lgani Maskning Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan tarjimayi holidan ma’lum bo‘ldi. Kitobda aytilishicha, hujum oldidan Mask sun’iy yo‘ldoshlarni o‘chirib qo‘ygan. Biroq tadbirkorning o‘zi Starlink Qrimda shundoq ham ishlamasligini, ukrainalik harbiylar undan sun’iy yo‘ldosh aloqasini yoqib berishni so‘raganini ta’kidladi.

Ayzekson kitobni tayyorlash chog‘ida Maskni noto‘g‘ri tushunganini tan oldi. 12-sentabr kuni Fox News’ning America’s Newsroom dasturida yozuvchining tushuntirishicha, Mask ukrainalik harbiylarning Starlink’ni yoqish iltimosi bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlab: “Biz (tizimga ulanishni) ta’minlamadik”, — degan. Ayzeksonning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu gapni tizim yoqilmadi deb emas, balki o‘chirib qo‘yildi, deb tushungan.

Ayzeksonning kitobida aytilishicha, Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining internetsiz qolgan dronlari Qrimdagi Rossiya flotiga hujum qila olmagan va qirg‘oqqa chiqib qolgan. Kitob muallifiga ko‘ra, Mask o‘shanda Rossiya rasmiylari hujumga javoban yadro qurolidan foydalanishi mumkinligidan qo‘rqib, ukrainalik harbiylarga yordam berishdan bosh tortgan.

Maskning tarjimayi holidagi ushbu epizod qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi, jumladan, Qo‘shma Shtatlarda ba’zi siyosatchilar biznesmenni tergov qilishga chaqirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »