Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning uch viloyatida 1 milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Xususan:

  • Mirzaobod tumanidagi “I.T” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 783 million 516 ming so‘m (1 million 741 ming 247 kVt/soat);
  • Termiz tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “S.A.F.” MCHJga qarashli issiqxonaning elektr hisoblagichi noto‘g‘ri ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 133 million 920 ming so‘m (297 ming 600 kVt/soat);
  • Yozyovon tumanida fuqaro A.X. ga tegishli chorva xo‘jaligi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib olgani natijasida davlat manfaatlariga 118 million 918 ming so‘m (264 ming kVt/soat), jami 1 mlrd 36 mln 354 ming miqdorida zarar yetkazgan.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 11 ming 514 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng.

Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

O‘zbekistonda 2023-yilning 6 oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish tufayli 78,5 milliard so‘m, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish sababli esa 231 milliard 866 million so‘m zarar ko‘rilgan. Bundan oldin Buxoro shahrida faoliyat yuritib kelayotgan korxona elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatishi natijasida tizimga 2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakatda avgust oyida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 46 milliard 229 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »