Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvda Rossiya “ushbu muqaddas urushda yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishini” aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Kim Chen In va Vladimir Putin, 2019-yil 
“TASS”
“Rossiya armiyasi va xalqi gegemonlikka daʼvo qilayotgan va ekspansionistik illyuziyalarga ega bo‘lgan buyuk yovuzlikni jazolash uchun olib borilayotgan muqaddas kurashda, albatta, katta g‘alaba qozonadi”, — dedi Kim.

U Putinning salomatligi, “buyuk Rossiya g‘alabasi”, Koreya—Rossiya do‘stligi va yig‘ilganlarning salomatligi uchun qadah ko‘tarishdan oldin shunday nutq so‘zladi.

Rasmiy tushlik chog‘ida Putin “Rossiya va KXDR o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, mamlakatlar xalqlarining farovonligi hamda o‘rtoq Kim salomatligi uchun” qadah ko‘tardi.

Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi

13-sentabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Putin bilan muzokaralar olib borish uchun Rossiyaga keldi. Kreml rahbari o‘z hamkasbini kosmodromga olib borib, unga raketalarni ko‘rsatdi.

Rossiya Shimoliy Koreyadan 122 va 152 millimetrli artilleriya snaryadlari, shuningdek, 122 millimetrli raketalarni olishga qiziqish bildirmoqda.

O‘z navbatida, Pxenyan snaryadlar uchun to‘lov evaziga Rossiyaning yadroviy suvosti kemalarini qurish texnologiyalari va sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish uchun kosmik texnologiyalarni olishga umid qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »