Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston qatarlik investorlarni Respublikadagi energetika, oziq-ovqat va to‘qimachilik sohalarini o‘rganishga chaqirdi. Bu haqda Qatar palatasi xabar berdi.

Foto: SpecialEurasia

Turkmaniston Savdo-sanoat palatasining “Savdo uyi” korxonasi direktori Serdar Kepbanov Doha shahrida Qatar palatasining ma’muriy-moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Husian Yusef Al Abdulg‘ani bilan uchrashdi.

Tomonlar savdo-sanoat hamkorligini kengaytirish, ikki mamlakat ishbilarmonlarini ittifoq va sheriklik munosabatlariga undash yo‘llarini muhokama qildi. 

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Ashxobod 2015-yil dekabrida qurilishi boshlangan Turkmaniston—Afg‘oniston—Pokiston—Hindiston (TAPI) gaz quvuri loyihasini amalga oshirishda Qatarning yirik moliyaviy va sarmoyaviy tuzilmalari ishtirok etishidan manfaatdor.

2011-yilda Doha O‘zbekiston—Turkmaniston—Eron—Ummon—Qatar tranzit-transport koridorini shakllantirish bo‘yicha Ashxobod bitimini imzoladi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan Fors va Ummon ko‘rfazlari portlari o‘rtasida barqaror aloqa o‘rnatishga qaratilgan.

Turkmaniston hukumati avvalroq “Al Qamra Holding” bilan mahalliy bozordagi potensial loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagandi.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »