Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning FAB-500 bombalarini urib tushirish deyarli mumkin emas, dedi Ukraina Harbiy-havo kuchlari vakili Yuriy Ignat Washington Post nashriga bergan intervyusida.

“Nazariy jihatdan, bu bombalarga qarshilik ko‘rsatish mumkin, ammo ularni urib tushirish juda qiyin. Deyarli imkonsiz”, — dedi u.

Yuriy Ignatning so‘zlariga ko‘ra, yagona amaliy yechim bombalarga emas, samolyotlarga qarata o‘q uzishdir. Biroq buning uchun zamonaviy qiruvchi samolyotlar kerak.

Foto: “RIA Novosti”
“Bizda aviatsiyaning yetishmasligi jangga zarar yetkazmoqda. Biz juda qiynalyapmiz”, — deya havo razvedka batalyonining ukrainalik askari Aleksandr Solonkodan iqtibos keltiradi nashr.

Harbiy ekspert, “Arsenal Otechestva” jurnali muharriri Aleksey Leonkovning “RIA Novosti”ga tushuntirishicha, rejalangan bombalarning qo‘llanilishi Ukraina Qurolli kuchlari uchun jiddiy muammoga aylangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun front chizig‘i bo‘ylab rus qo‘shinlari FAB-500 tipidagi bombalardan faol foydalanishni boshladilar. Bu Rossiya harbiylariga Ukraina havo mudofaasi ta'sir doirasidan tashqarida turib harakat qilish imkonini bermoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »