Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning harbiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan uchrashuvidan “chuqur xavotir va afsus” bildirdi. Seuldagilarning fikricha, ikki yakkalanib qolgan, ammo yadroviy qurolga ega yetakchilar AQSH bilan keskinlashib borayotgan ziddiyat fonida kelishuvga erishmoqda.

Foto: KCNA

Vashington Kim va Putin o‘rtasidagi sammit Moskvaning Ukrainadagi urushi uchun o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Janubiy Koreya esa Shimol snaryadlar evaziga Rossiyadan ilg‘or qurol texnologiyalari, jumladan, harbiy josuslik sun’iy yo‘ldoshlari bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar olishidan, natijada Kimning harbiy yadroviy dasturi tahdidi oshishidan jiddiy xavotirda.

“Biz xalqaro hamjamiyatning takror ogohlantirishlariga qaramay, Shimoliy Koreya va Rossiya sammiti chog‘ida harbiy hamkorlik masalalari, jumladan, sun’iy yo‘ldoshlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilganidan chuqur xavotir va afsusdamiz”, — dedi Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lim Su Sok.

Yadro qurollari va raketalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan har qanday fan va texnologiya, shu jumladan, ballistik raketa texnologiyalarini o‘z ichiga olgan sun’iy yo‘ldosh tizimlari sohasidagi hamkorlik BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga ziddir”.

Lim, shuningdek, Kim Chen Inning Rossiyadagi delegatsiyasi tarkibida BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalari ostiga tushgan bir necha shaxslar borligini aytdi. Xususan, Koreya xalq armiyasi marshali Ri Pyon Chol va o‘q-dorilar siyosati bilan shug‘ullanuvchi hukmron partiya rasmiysi Jo Chun Yon  Shimoliy Koreyaning noqonuniy qurol ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etgani uchun “qora ro‘yxat”ga kiritilgan.

Limning aytishicha, Moskva Pxenyan bilan harbiy hamkorlikni davom ettirsa, Seul bilan munosabatlarga buning “juda salbiy ta’sirini” tushunishi kerak.

Foto: KCNA

Janubiy Koreyaning Shimol bilan birlashish vaziri Kim Yun Ho Pxenyan va Moskva o‘rtasida potensial qurol-yarog‘ almashish mintaqaviy xavfsizlik sohasida uch tomonlama hamkorlikni kuchaytirayotgan Janubiy Koreya, AQSH va Yaponiyadan yanada kuchli javob choralariga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirdi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi spikeri Jon Kirbi Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib bersa, sanksiyalar qo‘llanishini aytdi.

“Sayyoramizdagi hech bir xalq, hech kim janob Putinga begunoh ukrainaliklarni o‘ldirishda yordam bermasligi kerak”, — dedi Kirbi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning harbiy salohiyatini oshiradigan har qanday kelishuv “albatta, jiddiy tashvish uyg‘otadi”.

Shimoliy Koreyaning Koreya davlat markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berishicha, Kim Chen In Putinni Shimoliy Koreyaga taklif qilgan, Putin esa “taklifni mamnuniyat bilan qabul qilgan”.

Foto: KCNA

Putin sammitdan so‘ng Rossiya davlat televideniyesiga bergan intervyusida Kim Chen Inning o‘zi Rossiyaning Uzoq Sharqidagi yana ikki shaharga tashrif buyurishini, Komsomolsk-Amurga uchib borishini, u yerda samolyot zavodiga tashrif buyurishini, so‘ngra Rossiyaning Tinch okean flotini, universitet va boshqa inshootlarni ko‘rish uchun Vladivostokka borishini aytdi.

13-sentabrdagi uchrashuvda Kim Chen In “imperializmga qarshi kurashda” Rossiyani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. U KXDR Putin va uning hukumati qarorlarini doim qo‘llab-quvvatlab kelganiga ishontirdi. Muzokaralarni aynan “Vostochniy” kosmodromida o‘tkazish qarori Kimning harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqishda Rossiyadan yordam so‘raganini ko‘rsatadi, deydi tahlilchilar.

Foto: KCNA

Putin jurnalistlarga Rossiya va Shimoliy Koreyaning transport va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda “ko‘plab qiziqarli loyihalari” borligini va Moskva o‘z qo‘shnisiga gumanitar yordam berayotganini aytdi.

Ammo u harbiy hamkorlik haqida gapirishdan qochdi, faqatgina Rossiya Pxenyandan qurol sotib olishni taqiqlovchi sanksiyalarga rioya qilishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »