Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning G‘azo bilan chegarasidagi ajratuvchi panjara yonida sodir bo‘lgan portlashda kamida besh nafar falastinlik halok bo‘ldi, 25 nafari yaralandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: AFP

Portlash sabablari hozircha ma’lum qilinmagan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida G‘azo sektori sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi. Hodisa Isroilning 2005-yilda G‘azo sektoridan chiqib ketgani yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan namoyish paytida yuz bergan. G‘azoning sharqiy chegarasidagi tadbirni 2007-yildan buyon hududni boshqarib kelayotgan Falastinning HAMAS guruhi uyushtirgan.

Namoyishchilarning aytishicha, portlashdan oldin Isroil askarlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Guvohlarning mahalliy OAVga aytishicha, Falastin guruhlari portlovchi moslamani zararsizlantirishga uringanida, Isroil qo‘shinlari o‘t ochgan va ularning portlashdan qochishiga to‘sqinlik qilgan.

Qamaldagi anklavda bir necha marta halokatli portlashlar uyushtirgan Isroil armiyasi mazkur hodisaga aloqadorligini rad etadi. Xabarda aytilishicha, namoyishchilar panjara orqali bomba uloqtirmoqchi bo‘lgan paytda qurilma ishga tushgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »