Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston kemasozlik sanoatining flagmani “Bolqon” zavodi va Janubiy Koreyaning Koryo Shipbuilding Industry Technology Co., Ltd. (KSIT) yuk ko‘tarish quvvati 6 100 tonna bo‘lgan ikkita quruq yuk tashuvchi kemani birgalikda qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda mahalliy Orient nashri.

Foto: Orient

Kelishuv doirasida mahalliy mutaxassislar Koreya texnologiyalari va zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy etish bo‘yicha o‘qitiladi. Loyihalash ishlari kemasozlikda qabul qilingan xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilishning yuqori standartlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Turkmaniston o‘tgan yili Islom taraqqiyot banki va Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasidan 135 million dollar kredit olgan.

Kaspiy kemasozlik zavodi Turkiyaning Gap Inşaat kompaniyasi tomonidan 2018-yilda qurilgan. Korxonaning quvvati yiliga oltitagacha kema, jumladan, neft tankerlari, dengiz platformalari, tirkamalar va qayiqlarni qurish imkonini beradi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »