Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatidagi Yangi Andijon massivida 400 MVt ga teng fotoelektrostansiyani qurish boshlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati

Fotoelektrostansiya Xitoy Xalq Respublikasining Powerchina international group limited korxonasi, O‘zbekiston Energetika vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi o‘rtasidagi uch tomonlama anglashuv memorandumi asosida qurilmoqda.

“Bosh vazirimiz ushbu masalada kelib, ishlar bilan tanishdi. Xitoylik hamkorlarimiz 700 gektar hududga 400 megavattlik fotoelektrostansiya quradi. Bu Andijonning elektr energiyaga bo‘lgan talabining uchdan bir qismi deganidir”, — dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Andijon hokimining aytishicha, loyihani 2024-yilning 1-apreligacha 100 megavatt quvvatda, 2024-yil 30-noyabrgacha esa to‘liq quvvatda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Mazkur fotolektrostansiyani ishga tushirish orqali 700 million kVt/soat eletr energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, 212 million kub metr tabiiy gaz tejashga erishiladi hamda 294 ming tonna zararli issiqxona gazlarining chiqishi oldi olinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »