Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

14-sentabrga o‘tar kechasi Ukraina Yevpatoriya shahridagi (Qrim) rus harbiylarining havo hujumidan mudofaa tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan S-400 “Triumf” zenit-raketa tizimini yo‘q qildi.

Foto: YouTube

Tegishli operatsiya Ukraina razvedkasi va harbiy-dengiz kuchlari kontrrazvedka xodimlari tomonidan amalga oshirildi. S-400 “Triumf” dronlar va Ukrainada ishlab chiqarilgan Neptun qanotli raketalari bilan hujumga uchragan.

Foto: Rossiyaning hujumga uchragan zenit-raketa tizimining sun’iy yo‘ldoshdan ko‘rinishi 

Manbalarning aniqlik kiritishicha, dronlar dastlab Rossiya tizimining radarlari va antennalariga zarba bergan. Radiolokatsion stansiyalar ishdan chiqqandan so‘ng, harbiy-dengiz kuchlari S-300/400 Triumf uchirish komplekslariga ikkita Neptun raketasini uchirgan.

Ukraina razvedkasi “Qrimda ruslarni yangi kutilmagan syurprizlar kutayotgani”ni qayd etdi.

S-400 “Triumf” nima?

S-400 S-300 ning takomillashtirilgan versiyasi hisoblanadi. Havo nishonlarini: strategik va taktik aviatsiya, ballistik va gipertovushli raketalar, razvedka samolyotlari, dronlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. S-400 kompleksi 400 kilometr radiusdagi nishonlarga zarba bera oladi.

Tizim muhim obyektlarni himoya qila oladi, shuningdek, quruqlikdagi kuchlarni qamrab oladi. U ilk bor 2007-yilda Rossiya armiyasi xizmatiga topshirilgan. S-400 tizimining narxi 1,2 milliard dollarga baholanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »