Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, ularning pensiya taʼminotini takomillashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasiga asosan “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitishning oldini olishga qaratilgani bilan eʼtiborli Amaldagi normalarga ko‘ra, ijara munosabatida ishtirok etgan shaxs, yaʼni ishtirokchi nogiron bo‘lib qolganda ijara shartnoma muddati to‘xtatilar edi. Hozirda bu normani chiqarish taklif etilmoqda. Bu esa nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etishida kamsitishlarning oldini oladi.

Shuningdek, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlariga kiritiladi.

Bu o‘zgartish bilan ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi.

Mazkur qonun loyihasiga masʼul bo‘lgan Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasiga qonun loyihasi yuzasidan siyosiy partiyalarning fraksiyalari xulosalarini olish hamda uni birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritish vazifasi yuklatilgan.

Avvalroq o‘zbekistonlik deputatlar jinoyatlar soni ortgani sabab shartli ozod qilish tizimini qayta ko‘rib chiqishni taklif etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Senat esa mart boshlarida bu boradagi tegishli qonunni ma’qullagandi

Ma’lumot uchun, 2022-yil noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida 26 mingdan ziyod mahkum saqlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda endi mahkumlarning jazoni o‘tash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qo‘shilishi ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »