Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning “maqbul vaqtda” KXDRga tashrif buyurish haqidagi taklifini qabul qildi.

“Putin taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi va Rossiya — KXDR o‘rtasidagi do‘stlik tarixi va an’analarini so‘zsiz davom ettirish istagini tasdiqladi”, — deb xabar berdi Koreya markaziy telegraf davlat axborot agentligi (KCNA).
Foto: dpa

Putin va Kim Chen In 13-sentabr kuni Rossiyaning Uzoq Sharqidagi “Vostochniy” kosmodromida uchrashdi. Rossiya prezidenti bilan rasmiy kechki ziyofat paytida Kim uni Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga taklif qildi.

Bungacha ikki davlat rahbarlari “Vostochniy” kosmodromini ko‘zdan kechirish chog‘ida muloqot qilgan, shundan so‘ng avvaliga delegatsiyalar ishtirokida, so‘ngra yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazgan.

O‘sha kuni ertalab Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Rossiya prezidentining Pxenyanga ehtimoliy javob tashrifi haqidagi savoliga javoban, “hozircha bunday rejalar yo‘q”, degan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »