Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida paxta yig‘im-terimi uchun tashkilot xodimlaridan majburiy tarzda bir million so‘mdan pul yig‘ilayotgani xabar berildi. Viloyat hokimligi mazkur xabarni rad etmoqda. 

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov “Muborak issiqlik elektr markazi” xodimlari unga murojaat qilib, paxta terimi uchun korxona xodimlaridan yig‘di-yig‘di boshlanganini ma’lum qilgan. 

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani “Muborak issiqlik elektr markazi”da ishlayman. Bizga rahbarlar paxta terimi uchun zarbdor terim gaplashib, pulini berishimizni aytishyapti, ya’ni hamma berishga majbur, deyishyapti. Bir kishi boshiga ikki oy uchun bir million so‘m belgilangan. Shu mumkinmi?, — deyiladi jurnalistga yuborilgan murojaatda.

Mazkur xabarga javob qaytargan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov bunga raddiya berdi. 

Shokirjonov Telegram kanalida Muborak tumani “Muborak issiqlik elektr markazi” xodimlari paxta terimiga kishi boshiga 1 million so‘m yig‘ish bo‘yicha topshiriq berilgani yuzasidan e’lon qilingan xabar ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. Aniqlanishicha, markaz rahbariyati tomonidan bunday topshiriq berilmagan va bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, — deydi Ahror Sodiqov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »