Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi To‘polang suv ombori yuqori qismidan yangi ko‘mir konini o‘zlashtirish boshlandi.

Foto: “Yuz.uz”

Qayd etilishicha, mamlakatda hozirgi kunda 44 ta yirik ko‘mir koni mavjud. Ular qatoriga Angren, Sharg‘un va Boysun konlari ham kiradi. 

To‘polang ko‘mir koni havzasi dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan. Ayni paytda ko‘mir konidan isteʼmolchilarga 35 ming tonna ko‘mir zaxirasi qazib olinib, yetkazib berishga tayyorlab qo‘yilgan.

Ko‘mir konida ishlarni jadallashtirish uchun 15 dan ortiq texnikalar jalb etilib, har kuni ko‘mir tashish 1000-1200 tonnagacha olib borilmoqda. To‘polang ko‘mir konida hozircha aniqlangan ko‘mir zaxirasi hajmi 11 million tonna.

“Qazib olinayotgan mahsulot, eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi vakillariga tarqatilmoqda. Manzilli ro‘yxat asosida qo‘shimcha 20 ming tonna ko‘mir yetkazib berilishi belgilangan”, — deyiladi xabarda.

“O‘zgidroenergo”ga ko‘ra, bugungi kunda Sariosiyo va Uzun tumanlari aholisi uchun ko‘mir mahsulotlari yetkazib berish rejasiga muvofiq, to‘liq taʼminlangan. Denov va boshqa tumanlarga joriy oyning oxirigacha to‘liq yetkazib beriladi.

Ko‘mirning aholi xonadonlariga manzilli yetib borishi uchun Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida 11 ming 441 nafar “temir daftar” va “ayollar daftari”dagi ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar ro‘yxati shakllantirilgan.

Hozirgi kunda To‘polang ko‘mir koni havzasida ko‘chkilar bilan bog‘liq xavfsizlikni taʼminlash, mahsulot qazib olish jarayonida ko‘mir qatlami yotqizimlariga aniqlik kiritish va yangi konlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Yevropa foydalanilmayotgan ko‘mir uchun Osiyodan xaridor qidira boshlagani haqida xabar berilgandi. Iyunda esa Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini bosqichma-bosqich 25 martagacha oshirishi ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »